Image_tadbir:
Bugun, tumanning Beshkapa
mahalla fuqarolar yig’inida erta tongdan “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni va ertalabki badantarbiya mashqlari bo’lib o’tdi.
Marafonda sogʻlom turmush tarzi tarafdori boʻlgan nuroniy otaxonlar va mahalla faollari hamda sportsevar yoshlar qatnashishdi.
Piyoda yurish inson salomatligi uchun eng foydali mashgʻulotlardan biri sanaladi. Bu ayniqsa bugungi pandemiya sharoitida nihoyatda muhimdir.
________________________
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI