Joriy yilning 4-iyun kuni soat 09.00 da Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat hamda Urgut tuman hokimligi bilan hamkorlikda 5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida Sariqtepa massovida joylashgan "Ideal Elektrolux" korxonasi hududida ekologik aksiya tashkil etiladi.
Unda media-tur, koʻrgazmali boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi va madaniy dasturlar oʻrin olgan boʻlib, 300 nafardan ortiq yigit-qizlarning ishtirok etishi koʻzda tutilmoqda.
Samarqand viloyati yoshlarini ushbu aksiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun tel.: +998 97 6148850