Probatsiya boʻlinmasi hisobida turgan xotin-qizlar va yoshlarni hayotga moslashtirish hamda kelgusida ular tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir qilish holatlarini oldini olish borasida nima ishlar amalga oshirilmoqda?

     Joriy yilning 15-iyun kuni, Urgut tuman IIB JXX Probatsiya boʻlinmasi hisobida turgan xotin-qizlar va yoshlani hayotga moslashtirish hamda kelgusida ular tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir qilmasliklari yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida, nazoratdagi shaxslar bilan qayta jinoyat sodir etmasliklari yuzasidan suhbat oʻtkazilib rasman ogohlantirildi. Bundan tashqari, zoʻravonlik va tazyiq qurboni  boʻlishi mumkin boʻlgan xotin-qizlarga himoya orderi berish tartibi, shuningdek, xotin-qizlar  va yoshlarni Samarqand shahrida joylashgan oʻquv markazlari hamda “Ishga marhamat” monomakazlariga kasb-hunarga yoʻnaltirish, oʻqitish boʻyicha tushunchalar berildi. Ushbu nazorat ostidagi shaxslarga tuman hokimligi, bandlik boʻlimi, yoshlar ishlari agentligi va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. 
   
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-noyabr kunidagi PQ-4006-son Qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-mart kuni oʻtkazgan videoselektorida “xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zoʻravonliklarning oldini olish gender  tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar”ga doir yigʻilishdan kelib chiqib 2022-yil 5-mart kuni Urgut tuman IIB Probatsiya hisobida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan ayollarning huquqini taʼminlash ularni hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari boʻyicha ularga huquqiy tushunchalar berilib,  5 nafar ishsiz ayollar ish bilan taʼminlandi.

 

 

2015-2024 © GOVERNMENT OF URGUT DISTRICT. Maked by: SAKTRM
95x15