Events

JASORAT UNUTILMAYDI!

 

9 may – "Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan, tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari, Milliy Gvardiya Urgut tuman Qoʻriqlash boʻlimi,  Mudofaa ishlarining masʼullari  tomonidan xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan mard oʻgʻlonlar oila aʼzolari holidan xabar olindi.Oila aʼzolariga sovgʻa-salomlar berilib, bayramona kayfiyat ulashildi.

Image_tadbir: 

ORAMIZDAGI QAHRAMON

 

Ispanza mahallasida yashovchi 100 yoshni qarshi olgan Boʻron bobo Gadoyev Ikkinchi jahon urushida qatnashib, bugun ham yonimizda umrguzaronlik qilayotgan Urgutdagi yagona otaxon hisoblanadi. 

Ayni kunlarda, Samarqand viloyati prokurori Jahongir Hotamov, Urgut tuman hokimi Botir Jabborov, viloyat Mudofaa boshqarmasining masʼullari, Nuroniylar kengashi, jamoatchilik vakillari otaxon xonadonida boʻldilar.

Image_tadbir: 

SERQATNOV KOʻCHALARDA JOYLASHGAN UMUM TAʼLIM MAKTABLARI OLDIGA KOʻCHMA SVETOFORLAR O'RNATILMOQDA

 

Joriy yilning 11-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida "Xavfsiz va ravon yo‘l" tamoyili asosida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida piyodalar va avtomobillar harakati xavfsizligini ta'minlash borasida bir qator vazifalar belgilangan edi. 

Image_tadbir: 
2015-2024 © GOVERNMENT OF URGUT DISTRICT. Maked by: SAKTRM
95x15