SAYYOR QABUL—MUAMMOLAR YECHIMI

Image_tadbir: 

 

Xabar berib borganimizdek, hududlarda Inson qadrini ulugʻlash va aholi muammolarini o'rganish hamda ularni ijobiy hal qilish maqsadida, muntazam sayyor qabullar o’tkazilib kelinmoqda. 

Jumladan, Beshkapa mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, oʻtgan sayyor qabul davomida bir guruh nuroniy otaxonlar tomonidan, tuman hokimi B.Jabborovga ichki yoʻllarni taʼmirlash masalasida murojaat bilan chiqishgan edilar (https://t.me/urguttumani/26553?single).

Ayni kunlarda otaxonlar murojaatlarida taʼkidlab oʻtgan, ichki yoʻllarga umumiy uzunligi 3 km masofaga qum-shagʻal qoplamasini yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Shuni aytib oʻtish joizki, tuman hokimligi tashabbusi bilan, olib borilayotgan tizimli sa'y-harakatlar natijasida, qator mahalla hududlari kundan-kunga obod boʻlib bormoqda.

2015-2024 © Urgut tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM
95x15