“ZUKKO KITOBXON”

Image_tadbir: 

 

Yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “ZUKKO KITOBXON” intellektual o‘yini Urgut tumanidagi barcha mahallalarda o‘tkazilayotgani singari tumanimizning “Bog‘ishamol” mahalla yoshlari oʻrtasida ham boʻlib oʻtdi 

Unda, tuman hokimining o‘rinbosari A.Eshonqulov, tuman prokurori yordamchisi U.Shoimov Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi G‘.Jabborov, "Bog‘ishamol" MFY raisi S.Maxkamov hamda, mahalla faollari ishtirok etishdi. 

Musobaqada, “ARISTOKRATLAR” jamoasi umumiy 17 ball bilan I-o‘rinni, “Bilimdonlar” jamoasi 16 ball bilan II-o‘rinni va “Zakovat” jamoasi 14 ball bilan III-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

G‘olib chiqqan jamoalarga yoshlar yetakchisi A.Xolmaxmatov hamda hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar taqdim etildi. 

2015-2024 © Urgut tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM
95x15