Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida tuman hokimining qarori

2021 - yil 9 - oktabr 53-7-105-Q/21

Urgut tuman hokimligi Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarining eng kam sonini belgilash toʼgʼrisida O’zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to’g’risida”gi 642-sonli Qonunning 39-moddasi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y, 5-6-son, 97-modda), “Oʼzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonunning 25-moddasi (Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʼplami, 2008-y. 29-30-son, 277-modda) hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʼyish tartibini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda tuman hududida joylashgan korxonalarda ish oʼrinlarining eng kam miqdorini belgilash yuzasidan berilgan takliflarni inobatga olib, QАROR QILАMАN

1. O’zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to’g’risida”gi 642-sonli Qonunning 39-moddasiga asosan Urgut tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʼyish tartibiga muvofiq tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun xodimlarning roʼyxat boʼyicha oʼrtacha sonidan 823 kishini tashkil etadigan 10 foizdan koʼp boʼlmagan miqdorida, shu jumladan:

-nogironlar uchun 3,5 foiz -29 kishi; -yolgʼiz ota, yolgʼiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʼp bolali ota-onalar uchun 8,1 foiz – 67 kishi, -oʼrta-maxsus, kasb-xunar taʼlim muassasasini tugatgan yoshlarga, shuningdek, oliy oʼquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun 67,8 foiz – 558 kishi; -Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʼshatilganlar uchun 14,0 foiz –115 kishi; - pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 0,9 foiz -7 kishi; - jazoni oʼtash muassasalaridan ozod qilingan, yoki sud qaroriga koʼra tibbiy yoʼsundagi majburiy choralariga tortilgan shaxslar uchun 4,4 foiz -36 kishi; -odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 0,7 foiz - 6 kishi miqdorida ish oʼrinlari zahirasi belgilansin. -atrofdagilar uchun havf toʼgʼdirmaydigan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan azob chekuvchi shaxslar uchun 0,6 foiz – 5 kishi;

2. 2022-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng e-qaror.gov.uz 11.10.2021 2 shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni joylashtirish uchun ish oʼrinlarini 2021-yil uchun band qilib qoʼyish lozim boʼlgan korxonalar roʼyxati 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.

3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2021-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2022-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʼyish) toʼgʼrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʼyicha ish oʼrinlari band qilib qoʼyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʼyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini Urgut tuman Aholi bandligiga koʼmaklashish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

4. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish joylarining koʼrsatib oʼtilgan miqdorini Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965- sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʼyish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band etib qoʼyilishini) hamda ish joylari sanitariya gigiena normalariga va xodim oʼz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʼlishini taʼminlasinlar.

5. Ushbu qaror ijrosini bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarini band qilib qoʼyish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom”ning 15-bandiga muvofiq qonun doirasida jarima solinsin. 6. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʼyish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom”ga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishga qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʼyiladigan ish oʼrinlarini Urgut tumani hokimi tomonidan belgilangan miqdorda ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu oʼrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʼlarining bir qismini tuman aholi bandligiga koʼmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʼmaklashish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin. 7. Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Oʼzbekiston Respublikasi Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʼgʼrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi (АV roʼyxat raqami №-3163-son,31.05.2019 y) buyrugʼiga asosan subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganini hisobga olib, “ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga-har bir xodim uchun 12 oy davomida xar oyda eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida haq toʼlash” belgilansin 8. Tuman Aholi bandligiga koʼmaklashish markazi (Q.Hoshimov) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin. 9. Tuman hokimining 2020- yil 10-sentabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarini 2021-yil uchun band qilib qoʼyish toʼgʼrisida”gi 1508-Q sonli qarori 2021-yilning 31-dekabridan oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorda tadbirkorlik faoliyati subektlari zimmasiga majburiyatlar yuklatilganligi sababli qaror rasman eʼlon qilingan kundan uy oydan keyin kuchga kiradi. 11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʼrinbosari U.Kamolov zimmasiga yuklansin.

e-qaror.gov.uz 11.10.202

2015-2024 © Хокимият Ургутского района. Разработан в: SAKTRM
95x15