TTB FAOLIYATI BILAN TANISHISH

Image_tadbir: 

Urgut tumani hokimi B.Jabborov tuman tibbiyot birlashmasida yotib davolanayotgan ogʻir ahvoldagi bemorlar holidan xabar oldi.

Bundan tashqari yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari asosida,  tumanimizda ilk marotaba yurak ochiq jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan viloyat va tuman markaz mutaxassislari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, oʻta murakkab jarrohlik amaliyotlaridan biri boʻlgan, yurak ochiq jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli bajargan mutaxassislarga oʻz minnatdorligini bildirdi.
 
Shuningdek TTB hududida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishib, oʻzining koʻrsatma va tavsiyalarini berib oʻtdi.

2015-2024 © Хокимият Ургутского района. Разработан в: SAKTRM
95x15