Events

СамДУнинг Ургут филиалида талабаларни қабул қилишга тайёргарлик кўрилмоқда

 

Хабар берганимиздек, Муҳтарам Президентимизнинг тегишли қарорларига асосан, туманимизда СамДУнинг "Ургут филиали" ташкил этилган эди. Ҳозирда ушбу муассасада 2022-йил ўқув мавсумидан бошлаб талабаларни қабул қилиш ва улар учун барча шароитларни яратиш мақсадида филиалга тегишли бўлган бино ва иншоотлар туман ҳокимлиги ташаббуси билан ҳомийлик маблағлари ҳисобидан тўлиқ қайта таъмирланмоқда.

Image_tadbir: 

QONUNGA ITOAT QILGANGA YENGILLIK, QONUNBUZARGA QOʻSHIMCHA JAZO

 

 Urgut tuman IIB JXX Probatsiya boʻlinmasi hisobida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan B.SH. berilgan imkoniyatlardan toʻgʻri xulosa chiqarmasdan, ozodlikni cheklash jazosi oʻtashdan qasddan boʻyin tovlab kelganligi sababli jinoyat ishlari boʻyicha Urgut tuman sudining ajrimi bilan oʻtalmay qolgan jazo muddati shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Yaʼni, ushbu fuqaro endi jazoni ochiqda emas, yopiq muassasada oʻtaydi. Berilgan imkoniyatdan foydalana olmagan fuqaro sud oʻtkazilgan binodayoq qamoqqa olindi.

Image_tadbir: 

ILGʻOR AGROFIRMA RAISLARI TAQDIRLANDI

 

Erta tongdan pilla qabul qilish korxonasida, shartnomaviy rejani birinchilardan boʻlib bajargan Bahrin, Navoiy, Samarqand agrofirma raislari tuman hokimligining qimmatbaho sovgʻa va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yil tumanda 5180 quti ipak qurtidan, 295 000 ming kg yuqori sifatli pilla yetishtirish belgilangan.

Image_tadbir: 

ОAV vakillari, blogerlar hamda yoshlar diqqatga! 

 

Joriy yilning 4-iyun kuni soat 09.00 da Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat hamda Urgut tuman hokimligi bilan hamkorlikda 5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida Sariqtepa massovida joylashgan  "Ideal Elektrolux" korxonasi hududida ekologik aksiya tashkil etiladi. 

Unda media-tur, koʻrgazmali boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi va madaniy dasturlar oʻrin olgan boʻlib,  300 nafardan ortiq yigit-qizlarning ishtirok etishi koʻzda tutilmoqda. 

Image_tadbir: 

SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ TADBIRLARI

 

Bugun tumanimiz bo‘ylab barcha umumtaʼlim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, tuman hokimi B.Jabborov hamda Urgut tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri E.Po'latov tumandagi 28-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirida ishtirok etishdi.

Tuman hokimi barcha ishtirokchilarini, bitiruvchi o‘quvchilarni bayram bilan tabriklab, Muhtaram Yurtboshimizning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Image_tadbir: 
2015-2022 © Хокимият Ургутского района. Разработан в: SAKTRM
95x15