Events

Urgut tumani hokimining Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi;

 

Assalomu alaykum aziz urgutliklar!

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlugʻ sana 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 30-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Yurtimiz tinchligi xalqimiz farovonligi yoʻlida xizmat qilayotgan jasur va mard oʻgʻlonlari, Sizlarga mustahkam sogʻliq, oilaviy tinchlik, ulkan quvonch tilab qolaman. 
Bayramingiz muborak boʻlsin!

Urgut tumani hokimi
B.Jabborov

 

Image_tadbir: 

Ургут тумани ҳокими Жабборов Ботир Шукуровичнинг 2021 йилда амалга оширилган ислоҳотлари ҳамда 2022 йилга белгиланган вазифалари юзасидан МУРОЖААТНОМАСИ

Бугун ўтказилаётган сессияда 2021 йилда туманимизда амалга оширилган ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича йил бошида белгилаб олинган вазифа ва мажбуриятларимизни сар-ҳисоб қилиб, унинг натижадорлигини танқидий кўриб чиқиш, 2022 йилга мўлжалланган режаларимиз, ҳудуднинг ижтимоий-иқтисодий аҳволини яхшилаш бўйича белгилаб олинган янги мажбуриятларимиз ва устувор йўналишларимиз бўйича мурожаат қилмоқчиман.

2021 йилда туманнинг асосий иқтисодий кўрсаткичларини таҳлил қиладиган бўлсак, албатта сезиларли ўзгаришлар амалга оширилди.

Image_tadbir: 

Koʻchalar taʼmiri va ichki yo’llarni yaxshilash yoʻlidagi amaliy saʼy-harakatlar jadal surʼatlar bilan davom ettirilmoqda.

 

Jumladan, bugun tuman hokimining o'rinbosari SH.Aliqulov hamda 4-sektor rahbari A.Almasov ishtirokida  Mazortepa mahallasidagi Usmon Yusuf ko’chasida 520 metr masofaga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borildi.

Aholi turmush sharoiti va farovonligini yanada yaxshilash yoʻlidagi shu kabi amaliy saʼy-harakatlar tumanda izchillik bilan davom ettirilmoqda.

______________________________________
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Image_tadbir: 
2015-2024 © Хокимият Ургутского района. Разработан в: SAKTRM
95x15