Events

TTB FAOLIYATI BILAN TANISHISH

Urgut tumani hokimi B.Jabborov tuman tibbiyot birlashmasida yotib davolanayotgan ogʻir ahvoldagi bemorlar holidan xabar oldi.

Bundan tashqari yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari asosida,  tumanimizda ilk marotaba yurak ochiq jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan viloyat va tuman markaz mutaxassislari bilan uchrashdi.

Image_tadbir: 

“ZUKKO KITOBXON”

 

Yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “ZUKKO KITOBXON” intellektual o‘yini Urgut tumanidagi barcha mahallalarda o‘tkazilayotgani singari tumanimizning “Bog‘ishamol” mahalla yoshlari oʻrtasida ham boʻlib oʻtdi 

Unda, tuman hokimining o‘rinbosari A.Eshonqulov, tuman prokurori yordamchisi U.Shoimov Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi G‘.Jabborov, "Bog‘ishamol" MFY raisi S.Maxkamov hamda, mahalla faollari ishtirok etishdi. 

Image_tadbir: 

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI OʻTKAZILDI

 

Bugun Urgut tumani Quyi Algar mahallasida joylashgan Urgut tumani Pedagogika kolleji binosida tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi tadbirkorlar qabuli boʻlib oʻtdi.

Ushbu qabul davomidan 8 nafar tadbirkor ishtirok etib, ularning murojaatlari birma-bir tinglandi. Har haftalik ijro muddati bilan, murojaatlarfa tegishli masʼullar biriktirildi.

Image_tadbir: 

SOGʻLOM HAYOT SARI 5000 QADAM

 

Davlatimiz rahbarining aholi, ayniqsa yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, sportning ommaviyligini taʼminlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish boʻyicha bergan topshiriqlariga asosan, tuman hokimligi tashabbusi bilan Sariqtepa massivida joylashgan “Urgut erkin iqtisodiy zonasi”ga olib boruvchi yangi yoʻlda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni uyushtirildi.

Image_tadbir: 

"YOSHLAR OVOZI" TANLOVINING URGUT TUMAN  BOSQICHI BO'LIB O'TDI.

 

Iqtidorli yoshlarimizni iste'dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqishiga xizmat qilib kelayotgan "Yoshlar ovozi" tanlovining sektor bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar  tanlovning tuman bosqichida o'zaro bellashdi.Tanlov nizom talablari asosida yuqori saviyada o'tkazildi.

Tumanda saralangan yoshlar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Tuman bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarimizga tuman hokimligi hamda yoshlar ishlari agentligi tomonidan qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.
 

Image_tadbir: 
2015-2024 © Хокимият Ургутского района. Разработан в: SAKTRM
95x15