DAVLAT TILIDA ISH YURITISH KITOBINING TAQDIMOTI

Urgut tumani hokimligida 2021-yil 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan taqdim etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

     Mazkur amaliy qo‘llanmada tashkilot, muassasa va idoralarning ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar o‘z aksini topgan. 

     Ushbu amaliy qo‘llanma tashkilotlar, muassasa va idora xodimlariga mo‘ljallangan hamda ularga  ish yuritish hujjatlarini samarali olib borishda yaqindan yordam beradi.

2015-2021 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15