Rahbarlar Goʻs mahallasida

Image_tadbir: 

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari Baxriddin Valiyev,  Samarqand viloyatining prokurori Ravshan Masharipovlar Goʻs mahallasida joylashgan 41-sonli oilaviy poliklinikaga olib boruvchi yoʻlga asfalt qoplamasini qoplash jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

 Tashrif davomida rahbarlar oilaviy poliklinikada aholiga xizmat koʻrsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 Shu bilan birga mahalliy aholi bilan yaqindan  suhbat o'tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. 

 Shuningdek hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri bo'lgan "Koronavirus" kasalligini yengishda vaksina qabul qilish asosiy omil ekanligi hamda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish kabi masalalarda oʻzlarining tavsiyalarini berib oʻtdi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15