OʻQUVCHILAR OʻZ BILIMLARINI SINOVDAN OʻTKAZMOQDA

 

Tumanimizdagi 154-umumtaʼlim maktabida fan olimpiadasining tuman bosqichiga start berildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi ostida muhtasham qilib barpo etilgan mazkur maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori asosida umumtaʼlim maktablarining 9-10-hamda 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasidan iqtidorlilarini tanlab olish, respublika hamda xalqaro fan olimpiadalariga saralash jarayonlari olib boriladi.

Tumandagi 147 ta umumtaʼlim maktablarining 14 ta fan boʻyicha saralangan iqtidorli oʻquvchilari joriy yilning 7-9-oktyabr kunlari hududiy bosqichlarida ishtirok etishgan edi. Ushbu hududiy bochqichlarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan oʻquvchi-yoshlar mazkur 154-maktabda 11-18-oktabr kunlari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishadi.  

Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosari J.Haydarov qatnashib, yoshlarga omad tiladi. 

2015-2021 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15