Yangi tashkil etilgan mahalla o'z binosiga ega bo'ldi

Image_tadbir: 

 

Urgut tumanida mahalla obodligi yoʻlida qator ijobiy ishlar bajarilib kelinmoqda. 

Jumladan, bugun tumanda yangi tashkil etilgan, "Yangi Vag'ashti" mahalla fuqarolar yigʻinining  zamonaviy binosini foydalanishga topshirilishi, u yerda istiqomat qilayotgan aholini nihoyatda mamnun qildi. 

Tadbirda, hokimlik mutasaddilari, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raislari, nuroniylar va jamoat faollari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida, tuman hokimi B.Jabborov soʻzga chiqib, mahalla ahliga oʻz ezgu tilaklarini bildirib, tadbirni ochib berdi.

Mazkur binoda mahalla raisi hamda oʻrinbosarlari uchun alohida xonalar mavjud boʻlib, ularning har-biri zamonaviy moddiy-texnika vositalari va mebel jihozlari bilan taʼminlangan.

2015-2021 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15