URGUT- INNOVATSION HUDUD

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi Farmoniga binoan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning qator tumanlari “Innovatsion hudud”ga aylantiriladigan boʻldi. Jumladan, Urgut tumani.

Dastlabki qadamlar sifatida Urgutda takroriy ekinlar urugʻini ekadigan kombinatsiyalashgan qurilmaning sanoat namunasi yaratilmoqda.

Tumanda 520 mingdan ziyod aholi yashaydi. Bu esa ekin yerlaridan yanada unumli foydalanib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish zaruratini taqozo etadi.
 Bu masalani hal qilishning samarali yoʻllaridan biri - maydonlarga takroriy ekinlarni ekishdir.
 Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali olimlari tomonidan yaratilgan, takroriy ekinlar urugʻini ekadigan kombinatsiyalashgan qurilmani ishlab chiqarishga joriy etish ushbu masalani samarali yechishga xizmat qiladi.

Qurilmaning qoʻllanilishi suv sarfining 17,3 foizga va yonilgʻi sarfining 2,8-marta tejalishiga, mehnat unumdorligining esa 25 foiz oshishiga olib keladi.

 

2015-2021 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15