MUKАMMАL KАDАSTR XАRITАSI YARАTILАDI

 

            Аholini roʼyxatga olishdan maqsad bir qator muhim vazifalarni bajarish koʼzda tutilgan. Bu – hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʼyxatini tuzish bilan bogʼliq masalalardir.

Turar va noturarjoylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini oʼtab boʼlgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat obʼektlarni qurish va taʼmirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin boʼladi. Bir soʼz bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi. Keyingi uch yil davomida masʼul mutasaddilarni qaynoq ish jarayoni kutib turibdi. Ularni muvaffaqiyatli bajarish bilan Oʼzbekistonning har bir viloyati, shahari, tumanidan tortib mahallasiyu koʼchasiga, chekka qishloq va olis ovullarigacha aloqador boʼlgan barcha maʼlumotlarni oʼzida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega boʼlamiz. Bu qimmatli maʼlumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda juda asqotadi. Zero, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan koʼp yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli oʼzgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq boʼlsagina, yuqori samara beradi. Demak, mazkur jarayon bilan shu choqqacha eʼtibordan chetda qolib kelgan sohaga chinakam poydevor qoʼyiladi, deyish har jihatdan toʼgʼri boʼladi. Bir soʼz bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.

 

    Urgut tuman statistika bo’limi

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15