Urgutda 33 tonnadan ortiq urug’lik don tarqatilishi nega to’xtatildi?

 

O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 fevral “Urug’chilik to’g’risida”gi O’RQ-521-sonli Qonunining 17-moddasi asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari xodimlariga bir qator vakolatlar berilgan. 

Mazkur qonunning 17-moddasi 7-bandiga ko’ra, muvofiqlik sertifikati va fitosanitariya sertifikati yoki karantin ruxsatnomasi mavjud bo’lmagan urug’liklar to’dalarining tarqatilishi, tashishni taqiqlash belgilangan.

“O’zagroinspeksiya”ning Urgut tuman bo’limi qishloq xo’jalik ekinlari urug’lari va ta’minotini nazorat qilish sho’basi  tomonidan monitoring o’tkazilganda “Jomboy don mahsulotlari”AJga qarashli Urgut don qabul qilish manzilgohida 33,2 tonna urug’lik materialning muvofiqlik sertifikati bo’lmaganligi sababli urug’lik donning fermer xo’jaliklariga tarqatilishi vaqtinchalik to’xtatildi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15