Urgut tumanida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida tuman hokimining qarori

2021 - yil 11 - noyabr 71-7-105-Q/21

Urgut tuman hokimligi Urgut tumanida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uyjoy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida QАROR QILАMАN:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17- oktabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, Ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 576-sonli qarori hamda Samarqand viloyati hokimining 2021-yil 19-oktabrdagi 88-7-0-Q/21- sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Urgut tumani hokimining o‘rinbosarlari (U.Kamolov, Sh.Aliqulov, U.Salomov) sektor rahbarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini quyidagilardan boshlasin: tuman aholisini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish; “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko‘mir, suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish va bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta’minlash; e-qaror.gov.uz 12.11.2021 2 olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda hamda sel kelishi oqibatida yo‘llar talofat ko‘rishi ehtimoli mavjud qishloqlarga ko‘mir va suyultirilgan gaz hamda kamida 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.

3. Quyidagilar: tuman iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarini va ko‘p kvartirali turar-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga; tuman iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibi (keyingi o‘rinlarda-tuman komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Tuman komissiyasi (Sh.Aliqulov): zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 576-sonli qarori bilan tasdiqlangan parametrlarga tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining asoslangan takliflari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obeyktlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasiga takliflar kiritib borilishini; 2021-2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan har oy yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, mas’ul korxona va tashkilotlar hisobotlari eshitilib borilishini; mazkur qaror bilan belgilangan parametrlarni bajarishga mas’ul bo‘lgan tegishli tashkilotlar rahbarlari belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz bajargan taqdirda ularga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llash masalasi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rilishini ta’minlasin.

 

5. Tuman hokimining o‘rinbosarlari (Sh.Aliqulov, U.Salomov) birgalikda: bir hafta muddatda tumanda komissiya tarkibiga kiritilgan korxona va tashkilotlarning rahbarlaridan iborat hududiy ishchi guruhlar tashkil etsin va ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni mahallalar kesimida belgilab bersin; har bir mahallalarda xalq bilan muloqot tarzida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda mazkur qaror bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va uni talafotsiz o‘tkazish bo‘yicha belgilab berilgan parametrlarning bajarilishi yuzasidan aholiga hisobot berib borish tizimini yo‘lga qo‘ysin.

6. Tuman komissiyasi, hududiy ishchi guruhlar a’zolariga qishloq aholi punktlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuzqish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha belgilangan parametrlar va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

7. Tuman hokimining o‘rinbosari (Sh.Aliqulov), tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish bo‘limi (O.Suyunov), “Urguttumangaz” gaz ta’minoti filiali (F.Toshmurodov), tumandagi Urgut va Dehqonobod elektr tarmoqlari korxonasi (A.Nurillayev, Q.Eshqulov)lar bilan birgalikda: elektr va tabiiy gaz qurilmalarini ta’mirlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yoqilg‘i mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish; aholiga, ijtimoiy soha obeyktlariga, boshqa toifadagi iste’molchilarga zarur miqdorlarda energetika resurslarini yetkazib berish bo‘yicha muntazam ravishda “mahallabay” tizimda o‘rganishlar olib borib, ajratilgan mahsulotlarni yetkazib berish choralarini ko‘rsin.

8. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (U.Kamolov) tuman Moliya bo‘limi v.v.b (O.Qorayev) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan tasdiqlangan hududlarda tashqi sanitariya-gigienik uzellari talab darajasida bo‘lmagan ko‘p kvartirali e-qaror.gov.uz 12.11.2021 4 sanitariya-gegienik holatlarini yaxshilash parametrlarida belgilangan tadbirlarning loyiha-qidiruv ishlari xarajatlarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2021-yil 10-noyabrga qadar moliyalashtirsin.

9. Tuman komissiyasi (Sh.Aliqulov): kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni talafotsiz o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obeyktlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasiga kunlik ma’lumot taqdim etib borsin; kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni talafotsiz o‘tkazish yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borilishini tuman hokimligi Аxborot xizmati (A.Ziyodov), “Urgut Sadosi” gazetasi (Sh.Sanayev) tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirib borsin.

10. Tuman hokimining o‘rinbosari (Sh.Aliqulov) zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha parametrlar va chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuklansin;

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Aliqulov zimmasiga yuklatilsin. 12. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15