Urgut tumani hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida tuman hokimining qarori

2021 - yil 15 - dekabr 99-7-105-Q/21

Urgut tuman hokimligi Urgut tumani hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish to'g'risida O'zbekiston Respublikasining “Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida”gi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda, O'zbekiston Repsublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 9-martdagi “Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 125-sonli qaroriga muvofiq tumanda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida:

QAROR QILAMAN:

1. Tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i (Z.Mamadoliyev) belgilangan tartibda DYHXX organlarida ro'yxatdan o'tkazilgan yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish ishlarini tashkillashtirsin.

2. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko'rikdan o'tkazilsin: a) tijorat asosida yo'lovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va o'tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo'lgan (haydovchining o'rnidan tashqari) odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og'ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari bir yilda ikki marta; b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan ko'p bo'lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari) ikki e-qaror.gov.uz 16.12.2021 2 yilda bir marta; v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq bo'lgan transport vositalari, shuningdek, ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko'rsatilgan transport vositalaridan tashqari) - bir yilda bir marta; g) tirkamalar ko'rikka transport vositasi - shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. DYHXX organlarida ro'yxatdan o'tkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik ko'rikdan o'tkazilmaydi, mazkur bandning “a” kichik bandida ko'rsatilganlardan tashqari.

3. Mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida ko'rsatilgan transport vositalarining texnik ko'rigi: birinchi marta - 1-martdan 30-iyungacha; ikkinchi marta - 1-sentabrdan 31-oktabrgacha o'tkazilsin. jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boshqa transport vositalarining texnik koʻrigi 2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabr kuniga qadar oʻtkazilsin.

4. Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan texnik ko'rikdan o'tkazilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan miqdorlarda yig'im undiriladi. Birinchi (oldingi) texnik ko'rikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik ko'rikdan o'tkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yig'im undiriladi. Texnik ko'rik o'tkazilganligi uchun yig'im summasi tegishli mahalliy budjetga o'tkaziladi.

5. Texnik ko'rikni o'tkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq, texnik ko'rikni o'tkazish bo'yicha komissiyaning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Texnik ko'rikni o'tkazish bo'yicha komissiya raisi (B.Xolmonov)ga: yuridik shaxslarga texnik ko'rik o'tkaziladigan muddatlar to'g'risidagi bildirishnoma yuborish; texnik ko'rikni tashkilotlarda, aniqlashga qodir joylar (diagnostika stantsiyalari)da va texnika xizmati ko'rsatish joylarida ish vaqtida, texnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida o'tkazish; e-qaror.gov.uz 16.12.2021 3 texnik ko'rikdan o'tkazishda texnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining kamchiliklari va nosozliklarni bartaraf etish bo'yicha belgilangan tartibda tegishli choralarni ko'rish vazifalari yuklatilsin.

7. Mazkur qaror “Urgut sadosi” gazetasida rasmiy e'lon qilinsin, rasmiy e'lon qilinganidan keyin bir kun ichida hokimlikning rasmiy veb-sayti (http://urgut.uz)ga joylashtirilsin.

8. Ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

9. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2021-yil 1-fevraldagi 89-Q-sonli qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

10. Mazkur qarorda tadbirkorlik faoliyati subektlari zimmasiga majburiyatlar yuklatilganligi sababli qaror rasman eʼlon qilingan kundan uch oydan keyin kuchga kiradi. 11. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o'rinbosari Sh.Aliqulov zimmasiga yuklatilsin.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15