Urgut tumani hokimining 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi;

Image_tadbir: 

 

Assalomu alaykum, muhtarama Onaxonlar va opa-singillar!

Avvalo, Sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ushbu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etgan holda, oʻzimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman. 

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Chunki Sizlar bilan hayotimiz goʻzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Soʻzimning oxirida barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman. 

Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardogʻida boʻlish hammangizga nasib etsin!

Urgut tumani hokimi
B.Jabborov

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15