Urgut tumani hokimining Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigi;

Image_tadbir: 

 

Assalomu Alaykum, hurmatli tumandoshlar!

Siz, azizlarni, sizlar orqali koʻp millatli xalqimizni sharqona yangi yil – Navroʻz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Nuroniy otaxon va onaxonlarimizga, hurmatli aka-uka, munis opa-singillarimizga, navqiron yoshlarimiz, suyukli farzandlarimizga, oʻzimning yuksak hurmat-ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ushbu qutlugʻ bayram kunlarida joriy yilda ham dalalarda hosillarimiz moʻl va barakali, rizqu nasibamiz yanada ziyoda boʻlsin, deb barchamiz duolar qilamiz.

Aziz doʻstlar!

Fursatdan foydalanib, azmu shijoatli bobodehqonlarimizni yangi mehnat mavsumi bilan samimiy qutlayman.

Sharqona Yangi yilimiz har bir xonadonga, jonajon Oʻzbekistonimizga tinchlik-xotirjamlik, sogʻlik-omonlik, baxtu saodat hamda fayzu baraka olib kelsin!

Tuman hokimi
B.Jabborov

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15