Korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz munosabatda boʻlish har bir boʻgʻindagi xodimlar birdek mas'ul!

 

Joriy yilning 6-aprel kuni “Korrupsiya rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida Urgut tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi harbiy xizmatchi va xizmatchilari ishtirokida shaxsiy tarkibning korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz munosabatda boʻlishiga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiya omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorining mazmun mohiyatini korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz munosabatda boʻlish har bir boʻgʻindagi xodimlar birdek masʼul ekanligi hamda qonunni bilmaslik jinoyatdan holi boʻlib qolmaslik yuzasidan tushuncha berildi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, shaxsiy tarkibi orasida harbiy intizomni mustahkamlash, hududiy va tarkibiy tizimlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash hamda jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik shu bilan birga, ularning ongiga “Halollik vaksinasi” shiori ostida “Korrupsiya rivojlanishimizga toʻsiq”  prinsipini hayotga tatbiq etish etib belgilandi.

B.Boltayev,
Urgut tumani FVB boshligʻi, katta leytenant.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15