Er yigit yer sotmaydi - yer sotgan er boʻlmaydi...

 

Sudlanuvchi A.X Urgut tumani, “Mergancha” mahallasida yashovchi mahalladoshi B.A bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlishib, firibgarlik yaʼni, aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini qoʻlga kiritishda hamda moddiy manfaat koʻrish maqsadida, 2022 yil yanvar oyining boshlarida Urgut tumani “Bogʻishamol” mahallasida yashovchi fuqaro E.Aga tumandagi “Akramobod” agrofirmasi hududida joylashgan “Abdullo yashil dalasi“ fermer xoʻjaligi yer maydonining 971-973 konturlardagi uzumzorni oʻzlariga tegishli ekanligini aytishib, uni aldab, yer maydonini har bir sotixini 1.300 AQSH dollaridan sotishlarini aytishib, 50 sotix yer maydoni uchun jami 65.000 AQSH dollariga kelishib, kelishilgan 65.000 AQSH dollaridan 30.000 AQSH dollarini Urgut tumani "Mergancha" mahallasi hududida joylashgan “Urgut katta jome” masjidi oldida tadbir ishtirokchisi E.Adan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida 325.200.600 soʻm qiymatiga teng boʻlgan pulni olayotgan vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK Departamenti Urgut tuman boʻlimi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi Urgut tuman boʻlimi hamda Samarqand viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan 2022 yil 11 yanvar kuni ashyoviy dalillar bilan ushlanganligi sababli oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra boshlagan jinoyatni oxiriga yetkaza olishmasdan, suiqasd qilishgan.

2022 yil 08 aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Urgut tuman sudining raisi F.Xudayberdiyev  tomonidan mazkur jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqilib, A.X Oʻzbekiston Respublikasi 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi aybli deb topilib, qonunchilikdagi odillik, insonparvarlik, jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga rioya qilgan holda, jabrlanuvchini unga nisbatan daʼvosi yoʻqligi inobatga olinib, ish holatlaridan kelib chiqib, unga nisbatan JKning 57,62-moddalarini qoʻllab, qamoqda saqlangan kunlari chegirilib, uzil-kesil 1 yil 11 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi  B.A Oʻzbekiston Respublikasi 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi aybli deb topilib, qonunchilikdagi odillik, insonparvarlik, jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga rioya qilgan holda, jabrlanuvchini unga nisbatan daʼvosi yoʻqligi inobatga olinib, ish holatlaridan kelib chiqib, unga nisbatan JKning 57,62-moddalarini qoʻllab, qamoqda saqlangan kunlari chegirilib, uzil-kesil 1 yil 10 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Yuqorida aytganimizdek “Er yigit yer sotmaydi - yer sotgan er boʻlmaydi” degan naql borligini bu shovvozlar eshitmagan koʻrinadi. 

 Xudayberdiyev Farhod,
Jinoyat ishlari boʻyicha Urgut
tuman sudining raisi

Axmadov Akmal,
Jinoyat ishlari boʻyicha Urgut
tuman sudining sudyasi

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15