OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTI SONI KO‘PAYMOQDA

 

Tumanimizda har tomonlama sogʻlom avlodni tarbiyalashda sogʻ­liqni saqlash tizimining oʻrni, taʼsiri va masʼuliyatini oshirish, taʼlim-tarbiya va sportning oʻrni va taʼsirini yanada kuchaytirish, sogʻ­lom bola tarbiyasida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning taʼsirini yanada oshirish kabi dolzarb vazifalarning ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, bugun rasman "Algar Oilaviy shifokorlik punkti" oʻz maqomiga ega boʻlganligi munosabati bilan, OShP ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari va tizimining tumandagi masʼullari hamda bir guruh mahalla nuroniy oqsoqollari ishtirok etishdi.

Tibbiyot maskanlarining koʻpayishi jamiyatda kelajak avlodimiz boʻlgan bolalarimizni ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan sogʻlom qilib oʻstirishda, barkamol avlodni tarbiyalash hamda ularning baxtu saodati va farovon kelajagi uchun xizmat qiladi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15