SOGʻLOM HAYOT SARI 5000 QADAM

Image_tadbir: 

 

Davlatimiz rahbarining aholi, ayniqsa yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, sportning ommaviyligini taʼminlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish boʻyicha bergan topshiriqlariga asosan, tuman hokimligi tashabbusi bilan Sariqtepa massivida joylashgan “Urgut erkin iqtisodiy zonasi”ga olib boruvchi yangi yoʻlda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni uyushtirildi.

Unda tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ichki ishlar organlari xodimlari, mahallalar faollari, nuroniylar, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etdi. Marafon tadbiri ming nafarga yaqin sportsevarlarni qamrab olgani bilan ahamiyatli boʻldi.
 

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15