ADLIYA TIZIMI VAKILLARI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL

Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tashkil etish, davlat xizmatchilarining xalq bilan muloqotga kirishlari uchun asos yaratish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Ana shunday qabullarning navbatdagisi joriy yilning 21-aprel kuni Kenagas mahalla markazi hududida oʻtkazildi. 

Unda, Adliya vazirining oʻrinbosari Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich, tuman hokimi Jabborov Botir Shukurovich va adliya tizimning viloyat hamda tumandagi masʼul xodimlari tomonidan Urgut tumani aholisi sayyor qabul qilindi.

Qabul jarayonida aholi tadbirkorlik masalalari, subsidiyaga uy-joy olish tartibi, pensiyani qayta hisoblash, moddiy yordam olish tartibi, kredit ajratish yuzasidan oʻzlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib, adliya xodimlaridan kerakli tavsiyalarni oldilar. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, qolgan murojaatlar oʻrganilishi uchun vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul davomida fuqarolarning murojaatlariga asosan, ularning nogironlik aravachasiga boʻlgan ehtiyojlari inobatga olinib, 2 dona nogironlik aravachalari topshirildi.

 

URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15