SERQATNOV KOʻCHALARDA JOYLASHGAN UMUM TAʼLIM MAKTABLARI OLDIGA KOʻCHMA SVETOFORLAR O'RNATILMOQDA

Image_tadbir: 

 

Joriy yilning 11-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida "Xavfsiz va ravon yo‘l" tamoyili asosida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida piyodalar va avtomobillar harakati xavfsizligini ta'minlash borasida bir qator vazifalar belgilangan edi. 

Bu borada Urgut tumanida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Farg'ona viloyatidan muqobil quyosh energiyasida 24/7 rejimda to'liq ishlovchi, trаnsportlar va piyodalar harakatini tartibga soluvchi, 6 dona innоvatsion mobil svetoforlar keltirildi. 

Ushbu svetoforlardan biri Navoiy shox koʻchasi kesishmasidan 107-umumtaʼlim maktabiga oʻtuvchi piyodalar va oʻquvchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida o'rnatildi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15