Urgut tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan joriy yil aprel oyida qilingan ishlarning qisqacha ma’lumoti

Urgut tumani davlat soliq xizmati organlari 2022 yilning aprel oyi davomida 13 milliard 262 million so‘m miqdorida soliq tushumini ta’minlab, belgilangan prognoz rejasi 0.5 milliard so‘mga kam bajarildi. Byudjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy 11 milliard so‘mi, ya’ni 83 foizi yuridik shaxslar, 2.2 milliard so‘mi yoki 16 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi. Mol-mulk va yer solig‘i 15 aprelga qadar 4.4 mlrd.so‘m to‘landi. Aprel oyida

Soliq turlari bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, tushumning 6 milliard so‘m yoki 43 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 1,8 milliard so‘m yoki 13 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i hamda qolgan 5,5 milliard so‘m yoki 41 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Bugungi kunda Urgut tumanida 6 736 taga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Aprel oyi davomida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 36 ta korxonaning 74 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 28dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

 Urgut tumani davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 101 ta korxonadagi 1075 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 75 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 687 nafar, qurilish korxonalarida

63 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi

250 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 211,8 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Joriy yilning aprel oyida “Soliq hamkor” dasturi orqali Urgut tumani faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 23 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar asosan 22 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan 22 nafar fuqarolarning bank plastik kartasiga 6,5 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi.

Urgut tuman Davlat soliq inspeksiyasi

axborot xizmati xodimi Xursanmurod A’zamov

 

2015-2022 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15