MOTAMSARO ONA HAYKALI POYIGA GUL QOʻYILDI

Maʼlumki, yurtimizda har yili 9- may—Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan oʻtganlar xotirasi yodga olinib, keksa avlod vakillari ulugʻlanadi. 

 

Bugun, Urgut tumanida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

 

Erta tongdan tuman markazida joylashgan Xotira maydoni har qachongidan gavjum boʻldi. Bu yerga Urgut tumani hokimligi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari jam boʻlishdi.

 

Urgut tumani hokimi Botir Jabborov boshchiligida Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻyilib, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi. Oʻtganlar xotirasiga Qurʼon tilovat qilindi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15