ORAMIZDAGI QAHRAMON

Image_tadbir: 

 

Ispanza mahallasida yashovchi 100 yoshni qarshi olgan Boʻron bobo Gadoyev Ikkinchi jahon urushida qatnashib, bugun ham yonimizda umrguzaronlik qilayotgan Urgutdagi yagona otaxon hisoblanadi. 

Ayni kunlarda, Samarqand viloyati prokurori Jahongir Hotamov, Urgut tuman hokimi Botir Jabborov, viloyat Mudofaa boshqarmasining masʼullari, Nuroniylar kengashi, jamoatchilik vakillari otaxon xonadonida boʻldilar.

Viloyat prokurori, B.Gadoyevni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning u kishiga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi va Prezident sovgʻalarini topshirdi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15