SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ TADBIRLARI

Image_tadbir: 

 

Bugun tumanimiz bo‘ylab barcha umumtaʼlim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, tuman hokimi B.Jabborov hamda Urgut tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri E.Po'latov tumandagi 28-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirida ishtirok etishdi.

Tuman hokimi barcha ishtirokchilarini, bitiruvchi o‘quvchilarni bayram bilan tabriklab, Muhtaram Yurtboshimizning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan soʻng namunali xulq va bilimga ega o'quvchilar va ularning ota-onalariga tuman hokimi tomonidan esdalik sovg'a va faxriy yorliqlar topshirildi.

Shu kabi tashkil etilgan tadbirlarda, tumandagi barcha korxona, tashkilot hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

2015-2022 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15