DIQQAT EʼLON

 

 

YOSHLAR FESTIVALIGA MARHAMAT

 Aziz urgutliklar Sizlarni, 16-iyun kuni erta tongdan Urgut Istirohat bogʻida “Yoshlar oyligi” doirasida, “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida  boʻlib oʻtadigan festivalga taklif etamiz.

Mazkur festival doirasida, yurish marafoni va badantarbiya mashgʻulotlari, turli xil sport musobaqalari, harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmasi, raqs, tasviriy sanʼat, sheʼriyat, “Yosh kitobxon oila” va “Mushoira” tanlovlari, kibersport musobaqalari, “Zakovat” intellektual oʻyini, “Bir nuroniyga oʻn nafar yosh” loyihasi va boshqa tadbirlarni oʻtkazish koʻzda tutilgan. 

Shuningdek kechki gala konsert dasturida, Hosila Rahimova, Ravshan Sobirov, Oybek va Nigora, Janob Rasul, “Setora” guruhi oʻzining diltortar qoʻshiqlarini muxlislarga taqdim etishadi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15