XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA]MINLANMOQDA

Urgut tumanida, hududning oʻsish nuqtalaridan kelib chiqib, talab yuqori boʻlgan kasb-hunar maskanlarini tashkil etish orqali aholining ishsiz qatlamini, ayniqsa xotin-qizlarning doimiy bandligi taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Jumladan bugun tuman hokimi B.Jabborov Beshkapa mahallasidagi 152-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan, kasb-hunarga oʻqitish markazining tikuvchilik va sartaroshlik yoʻnalishidagi uquv kurslarini tugatgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularga 3 oylik kurslarni tamomlaganligi haqidagi sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, ushbu markazda yangi uquv bosqichiga qabul qilingan xotin-qizlarning hunar oʻrganishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, oʻzing samimiy tilak va istaklarini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida, tumanda 7 ta ana shunday maskanlar tashkil etilgan boʻlib, ular orqali 4 ta yoʻnalishda 775 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash koʻzda tutilgan.

2015-2022 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15