NEGA NISBOT MAHALLASI BUNDAY NOMLANADI?

Nisbot mahallasi nomi izlanishlar natijasida, VII-VIII asrlarga borib taqaladi. VII-VIII  asrlarda Urgut hududiga olim ulamolar kirib kelgan. Shulardan biri, 675 yilda Iroq hududidan kelgan Abdul Hasan Nisbotiy u kishi 16 yoshida paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) sahobalaridan boʻlgan Anas Ibn Molikiydan Hadis ilmini mukammal oʻrgangan. 696 yilda Abdul Hasan Nisbotiy Buxoro-yu sharifdan donishmandlar, ulugʻ allomalarni olib kela boshlaganidan soʻng uning atrofiga odamlar koʻchib kelganligi tarixiy manbalarda aytib oʻtilgan shu davrlardan Abdul Hasan Nisbotiy  qoʻnim topgan va dafn qilingan joy nomi Nisbot deya atala boshlagan.

Mahalla ziyolilari va faollari: Xolmuhammad Nurullayev, Obloqulov Toji, Davron Suyunov, Normahmat Narziyev, Murodillo Begmuhammedov, Nurmatov Amir, Esanov Himmat, Norqulov Saidqul, Abduraim Begmuhammedov, Nurullayev Bahron. 

Nisbot, Etak Beshkapa, Degʻqonobod, Yuqori Sanchiqul, Sariqtepa, Bekravot mahallalari bilan chegaradosh.

Mahallada, 1993-2006 yillarda Pardayev Fayzillo Nurmahmatovich, 2006-2008 yillarda Ashurov Jalil Mardonovich, 2006-2010 yillarda Bekmuhammedov Nodir Murodullayevich, 2011-2015 yillarda Ubaydullayev Xayrillo Saʼdullayevich, 2015 – hozirgacha Suyunov Zayniddin Davronovich raislik qilib kelmoqda.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15