Urgut tumanida tuman hokimining birinchi o'rinbosari, tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo'limi, mahallalarda hokim yordamchilari hamda tadbirkorlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Prezident tomonidan ilgari surilgan «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida aholi bandligini ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratilishi va ularga moliyaviy rag‘batlar taqdim etilishi, kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlasa, soliq imtiyoziga ega bo‘lishlari haqida mas’ullar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15