Янгиликлар

“Ташаббусли бюджет” жараёнининг 2022 йил |феврал-март ойларида ўтказилган тадбирлари ғолиблари

Ургут туманида 2022 йил |феврал-март ойларида ўтказилган жамоатчилик фикри асосида шакллантириладиган тадбирларга Ўзбекистон Республикаси Молия Вазирлигининг “Очиқ бюджет” ахборот портали орқали (openbudget.uz) “Ташаббусли бюджет” жараёнида фуқаролар томонидан туманимиздаги ечими маблағ билан боғлиқ мавжуд муаммоларни бартараф этиш бўйича 512 та таклифлар қолдирилган эди.

Byudjet mablagʻlari – qatʼiy nazorat ostida

 

Byudjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, shuningdek, aholi hayot darajasi va farovonligini yaxshilashda katta ahamiyatga egadir.

Shu boisdan, joriy yilning 25-aprel kuni, Urgut tumani prokuraturasi binosida,  qurilish ishlarini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organ rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

XOTIN-QIZLARNING BILIM VA KOʻNIKMALARI OSHIRILMOQDA

 

Urgut tumanidagi mahallalarga saralangan xotin-qizlarning bilim hamda koʻnikmalarini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. 

Tuman hokimi B.Jabborov hamda SamDUning malakali oʻqituvchilari ishtirokida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Unda, xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ayollar daftari bilan ishlash, ishsizlar bandligini taʼminlash, uy-joyga muhtojlarga uy berish, ular uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish kabi koʻplab mavzular haqida soʻz yuritildi.

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRIDA AN’ANAVIY YASHASH JOYLARI

Aholini ro‘yxatga olishda “An’anaviy yashash joylari” o‘zida strukturaviy ajratilgan va mustaqil joyni aks ettiradi, u belgilangan joyda odamlarning doimiy yashash uchun mo‘ljallangan va ro‘yxatga olish vaqtida boshqa maqsadlarda to‘liq foydalanilmaydi. An’anaviy turar joy xona yoki bir qator xonalar bo‘lib, kapital tuzilishida yordamchi joylar masalan; dahliz, yo‘laklarni o‘z ichiga oladi yoki o‘z konstruksiyasiga ko‘ra bunday binoning bir qismini ajratib olgan bo‘ladi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15