Янгиликлар

OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTI SONI KO‘PAYMOQDA

 

Tumanimizda har tomonlama sogʻlom avlodni tarbiyalashda sogʻ­liqni saqlash tizimining oʻrni, taʼsiri va masʼuliyatini oshirish, taʼlim-tarbiya va sportning oʻrni va taʼsirini yanada kuchaytirish, sogʻ­lom bola tarbiyasida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning taʼsirini yanada oshirish kabi dolzarb vazifalarning ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, bugun rasman "Algar Oilaviy shifokorlik punkti" oʻz maqomiga ega boʻlganligi munosabati bilan, OShP ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"SAM ISI VA TATU" FILIALINING URGUTLIK BITIRUVCHILARI BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

 

Joriy yilning 12-aprel kuni, tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari va tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti faollar zalida, Urgutlik 70 ga yaqin ikkala institut  bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv oʻtkazishdi.

Oʻzaro ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda talabalar bilan, soʻngi yillarda tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahsulot ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar va xizmat koʻrsatish sohalaridagi islohotlar haqida fikr almashildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz munosabatda boʻlish har bir boʻgʻindagi xodimlar birdek mas'ul!

 

Joriy yilning 6-aprel kuni “Korrupsiya rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida Urgut tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi harbiy xizmatchi va xizmatchilari ishtirokida shaxsiy tarkibning korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz munosabatda boʻlishiga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15