Янгиликлар

SUD-HUQUQ MASALALARI BOʻYICHA OMMAVIY QABUL

 

Kenagas mahalla fuqarolar yigʻini markazida inson huquqlarini himoya qiluvchi organ hamda tashkilotlar, jumladan  oliy sud, adliya, ichki ishlar, prokuratura, bojxona, xalq qabulxonasi, viloyat, tuman hokimligi, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda Samarqand shahri, Urgut, Toyloq, Samarqand va boshqa tuman fuqarolari oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolar bilan murojaat qilishdi.

Fuqarolarning  turli sohalar  boʻyicha qilgan murojaatlari chuqur oʻrganilib zarur chora-tadbirlar koʻrildi.
 

ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKALARI TASHKIL ETILDI

 

Bugun erta tongdan tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari bilan birgalikda,  yaqinlashib qolgan muborak Ramazon oyida bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida, tumandagi mavjud dehqon bozorlarida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarini koʻzdan kechirib, sotuvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borishadi.

Bundan tashqari tegishli tashkilot vakillariga narxlar barqarorligini saqlab qolish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan qator vazifalar belgilanib, ijrosi qattiq nazoratga olindi.

408 MING AQSH DOLLARI MIQDORIDA GRANTLAR YUTIB OLGAN URGUTLIK OʻQUVCHI

 

Urgut tumani hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari bilan birgalikda  bir vaqtning o'zida 7 ta nufuzli oliygohlardan 408 ming dollarlik grant yutib, talabalikka qabul qilingan Abduxalimov Parviz Abduazim oʻgʻlining erishgan yutuqlari bilan tabriklash maqsadida, oʻquvchimiz tahsil olayotgan Dehqonobod mahallasidagi 138-umum taʼlim maktabiga borishdi. 

YANGI MAHALLA MAʼMURIY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

 

Tumanimizda Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida belgilangan chora-tadbirlar asosida keng koʻlamli tizimli ishlar amalga oshirilib borilmoqda. 

Jumladan, ayni kunlarda yurtimizda Navroʻz umumxalq bayrami keng nishonlanadigan bir paytda  Mingtepa mahallasining aholisi uchun chinakam bayram tuhfasi bo'ldi. 

Mingtepa mahalla fuqarolar yigʻini uchun yangi qurib bitkazilgan mahalla ma'muriy binosi foydalanishga topshirildi.Unda tuman hokimligi, sektor rahbarlari, nuroniy otaxonlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. 

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15