insurez
22-07-2024 15:50

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo'limida Press-tur


 Urgut tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida "Urgut sadosi" gazetasining muxbir va jurnalistlari ishtirokida Press-tur bo‘lib o‘tdi. 

Press-tur doirasida tashkilot rahbari Akbar Almasov tizimda bugungi kunda bo‘layotgan o‘zgarishlar va olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. 

Bir necha bo‘limdan iborat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘n ikki nafar xodim faoliyat olib bormoqda. 

Joriy yilning olti oyi yakuni bilan tumanda tijorat banklari tomonidan Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish yo‘nalishida aholi bandligini ta’minlash borasida jami qirq ikki milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilib, 2487 ta aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali 3736 ta ish o‘rinlari yaratilgan.

Teglar
- -