“Hokim va profilaktika inspektorlari” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Bugun Urgut tumani Ichki ishlar boshqarmasida “Hokim va profilaktika inspektorlari” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimi B.Jabborov, tuman prokurori A.Valiyev, tuman IIB boshlig’i M.Qo’ziyev tuman IIB xodimlari va profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.
So’zga chiqqanlar tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlarga to‘xtalib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tavsiya va ko'rsatmalarini berib o'tdilar.