Events

Koʻchalar taʼmiri va ichki yo’llarni yaxshilash yoʻlidagi amaliy saʼy-harakatlar jadal surʼatlar bilan davom ettirilmoqda.

 

Jumladan, bugun tuman hokimining o'rinbosari SH.Aliqulov hamda 4-sektor rahbari A.Almasov ishtirokida  Mazortepa mahallasidagi Usmon Yusuf ko’chasida 520 metr masofaga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borildi.

Aholi turmush sharoiti va farovonligini yanada yaxshilash yoʻlidagi shu kabi amaliy saʼy-harakatlar tumanda izchillik bilan davom ettirilmoqda.

______________________________________
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Image_tadbir: 

Vatan taraqqiyotiga mening hissam

 

Bugun, 31-sonli Musiqa va san'at maktabida ilm-fan san'at madaniyat axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor fidoiy talaba yoshlar o'rtasida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi. 

Image_tadbir: 

“SOGʻLOM HAYOT SARI – 5000 QADAM”

 

 Bugun, tumanning Beshkapa
mahalla fuqarolar yig’inida  erta tongdan “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni va ertalabki badantarbiya mashqlari bo’lib o’tdi. 

Marafonda sogʻlom turmush tarzi tarafdori boʻlgan nuroniy otaxonlar va mahalla faollari hamda sportsevar yoshlar qatnashishdi. 

 Piyoda yurish inson salomatligi uchun eng foydali mashgʻulotlardan biri sanaladi. Bu ayniqsa bugungi pandemiya sharoitida nihoyatda muhimdir.
________________________
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Image_tadbir: 

NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O’TKAZILDI

 

Tumandagi 149-umumtaʼlim maktabi faollar zalida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman hokimligining navbatdagi qabuli oʻtkazildi.

Qabulda 70 nafarga yaqin fuqarodan turli mazmundagi 50 ta murojaat qabul qilinib, shundan 12 tasi joyida ijobiy hal etildi.

8 ta murojaat yuzasidan tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi.
___________________________________
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Image_tadbir: 
2015-2021 © Urgut tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM
95x15