VAZIFALAR IJROSI TAHLIL ETILDI

Image_tadbir: 

Joriy yilning 25-fevral kuni viloyat axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbek tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev ishtirokida Samarqand viloyati shahar va tumanlar hokimlarining maslahatchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6084-sonli farmoni ijrosi yuzasidan shahar va tuman hokimlari maslahatchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlari tahlil etildi. Tahlillar natijasida yutuqlar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar alohida ta’kidlandi. Uchrashuv so‘nggida galdagi vazifalar belgilab olindi.

Sherali Temirov,
Viloyat hokimi maslahatchisi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15