Gʻalla oʻrimi qizgʻin pallada

Ayni kunlarda tumanimiz dehqonlari gʻalla-oʻrim yigʻimi bilan band. Ular mashaqqatlar evaziga yetishtirilgan gʻalla hosilini tez va soz yigʻishtirib olish uchun astoydil ter toʻkishyapti. 

Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, oʻrim mavsumiga har tomonlama zamonaviy kombaynlarning tayyorlab qoʻyilganligi oʻzining natijalarini beryapti. 

Bugun tumanda 3040 gektar gʻalla ekilgan boʻlsa, ayni kunda gʻallani yigʻib olishda 14 otryad tashkil etilgan. Unda kombaynlar hamda yuk tashish texnikalari ishlamoqda. Qolaversa, gʻalladan boʻshagan yer maydonlaridagi somonni yigʻib olish va peshma-pesh shudgorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
 

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15