Gaz plitalar uchun metall panjaralar toʻliq mahalliylashtirildi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Sam elektro servis” MCHJ tomonidan gaz plitalar uchun metal panjara ishlab chiqaruvchi kichik korxona ishga tushirildi. 

Yillik quvvati 190 ming dona boʻlgan mahsulotlar dastavval korxona ehtiyojlari uchun, qolaversa boshqa korxonalarga ham kooperatsiya yoʻli bilan yetkazib beradi. Maʼlumki, “Ideal” brendi ostida yiliga 260 ming dona elektr duxovka, 150 ming dona gaz plitalari va ular uchun qoʻshimcha buyumlar ishlab chiqariladi. Korxonaga Turkiya texnologiyasi asosida zamonaviy, energiya tejovchi uskuna va jihozlar keltirib oʻrnatildi.

Ayni paytda bu yerda 20 nafar yigit-qiz doimiy ish bilan taʼminlandi.

– Shu kungacha metall panjaralarni buyurtma asosida kooperatsiya yoʻli bilan sotib olardik. Ayrim hollarda import asosida ham xarid qilinar edi. Hozir muammoga butunlay barham berildi. Endilikda gaz plitalar uchun kerakli barcha butlovchi qismlar bosqichma-bosqich oʻzimizda toʻliq mahalliylashtirishga erishilmoqda, – deydi korxona rahbari Sohibjon Azimov.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15