Ayniqsa bugun, Olimpiadaning soʻnggi kunida Baxodir yana bir bor madhiyamiz ohangini dunyoga taratdi.
Bu jarayonni koʻrib, faxrlanib ketdim. Bayrogʻimiz AQSH, Qozogʻiston, Buyuk Britaniyaning bayrogʻidan balandda turdi
Tokio-2020 natijalariga koʻra biz 3 ta oltin, 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritdik.
▪️Oʻzbekiston medallar boʻyicha Markaziy Osiyoda 1-oʻrin;
▪️Turkiy mamlakatlar orasida 1-oʻrin;
▪️ MDHda 2-oʻrin;
▪️Islom mamlakatlari orasida 2-oʻrin;
▪️Osiyo mamlakatlari ichida 5-oʻrinni egalladi;
▪️Va butun dunyo boʻyicha 32-oʻrinni egalladi.
Bunday natijaga, maqomga tinimsiz harakat, oʻz ustimizda ishlashimiz va albatta davlatimiz rahbarining bevosita boshchiligida erishdik.
Milliy mass-mediani
qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish
jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi:
Komil Allamjonov