Ayrim hududlar qatorida tumanimizda ham kuchli yogʻingarchiliklar kuzatilmoqda.
Shu sababdan, tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kuchaytirilgan tartibda ishlar olib borilmoqda.
Jumladan joriy yilning 14-mart kuni Urgut tumani hokimi B.Jabborov tegishli mutasaddilar bilan birgalikda, kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli xil koʻngilsiz hodisalar oldini olish maqsadida, Omonqoʻton mahallasidagi soy ustidan oʻtuvchi koʻpriklarni koʻzdan kechirdi.