OTALAR CHOYXONASI

Image_tadbir: 

 

Joriy yilning 1-mart kuni Yakkasaroy bazmgohida MTRKning Mahalla telekanalini "Otaxonlar choyxonasi" dasturi asosida, nuroniy otaxonlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirni Urgut tumani hokimi B.Jabborov soʻzga chiqib ochib berdi. Dasturxon atrofida yigʻilgan nuroniy otaxonlar yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy  islohotlar, erishilayotgan  yutuqlar toʻgʻrisida fikr yuritib, davlatimiz rahbari tomonidan keksa avlodga keng imkoniyatlar yaratib berayotganidan mamnunligini bildirib, shukronalik kayfiyatlarini namoyon qildilar.

Shu bilan birgalikda ular jamiyat hayotida faol boʻlishga oʻzlarining hayotiy tajribalarini yoshlarga oʻrgatish va ularda vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga doir savobli ishlarda ishtirok etishga kelishib oldilar.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu yoʻlga qoʻyilgan loyiha Respublika hududida dastlab Urgut tumanida Mahalla telekanali orqali tasvirga olindi.
===========================
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Хокимият Ургутского района. Разработан в: SAKTRM
95x15