Events

MUROJAAT VA IJRO

 

1-sektor hududida joylashgan Kamongaron mahallasida yashovchi Samehov Joʻrabekning tuman hokimi B.Jabborov nomiga nogironlik aravachasini olishda amaliy yordam soʻrab yoʻllagan murojaatlariga asosan, uning aravachaga boʻlgan ehtiyoji inobatga olinib, bir dona elektron pultli nogironlik aravachasi fuqaroning xonadoniga yetkazib berildi.

Image_tadbir: 

OBODONLASHTIRISH ISHLARI

 

Bugun tuman hokimi B.Jabborov Kamongaron mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan Qabristonda tashkil etilgan obodonlashtirish va daraxt koʻchatlarini ekish ishlari bilan tanishib, oʻzining koʻrsatma va tavsiyalarini berdi.

Bejizga, azaldan xalqimiz orasida  “Biror yurtni yaxshiroq bilmoqchi boʻlsang, uning bozorini va mozorini ziyorat qil”, deyilmagan. Darhaqiqat, bozorlar yurtning nechogʻli farovon yoki abgor ekanini koʻrsatsa, qabristonlar bu oʻlka ahlining maʼnaviy dunyosi, ajdodlar merosiga munosabati va iymon-eʼtiqodi darajasini ifoda etadi.

Image_tadbir: 

TALABALAR BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

 

Bugun xabar qilganimizdek, Oliy taʼlim muassasalaridagi urgutlik bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlar davom ettirilib, kunning ikkinchi yarmida tuman hokimi B.Jabborov va sektor rahbarlari ishtirokida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti talabalari bilan tibbiyot universiteti binosida uchrashuv tashkil etildi.

Image_tadbir: 

HOKIM MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA

 

Urgut tumani hokimi B.Jabborov tomonidan maktabgacha taʼlim boʻlimida xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ularning ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishish bilan birgalikda, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham boʻlib, u yerda qamrov darajasi, bolajonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sogʻlom ovqatlanish jarayonlarini tashkil etilishi, tashkilotlarda olib borilgan  obodonlashtirish ishlarini ahvoli bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek aniqlangan kamchiliklar boʻyicha masʼullarga aniq koʻrsatma va topshiriqlar berib, Ijrosi nazoratga olindi.
 

Image_tadbir: 

SAYYOR QABUL—MUAMMOLAR YECHIMI

 

Xabar berib borganimizdek, hududlarda Inson qadrini ulugʻlash va aholi muammolarini o'rganish hamda ularni ijobiy hal qilish maqsadida, muntazam sayyor qabullar o’tkazilib kelinmoqda. 

Jumladan, Beshkapa mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, oʻtgan sayyor qabul davomida bir guruh nuroniy otaxonlar tomonidan, tuman hokimi B.Jabborovga ichki yoʻllarni taʼmirlash masalasida murojaat bilan chiqishgan edilar (https://t.me/urguttumani/26553?single).

Image_tadbir: 
2015-2024 © GOVERNMENT OF URGUT DISTRICT. Maked by: SAKTRM
95x15