Events

Vatan taraqqiyotiga mening hissam

 

Bugun, 31-sonli Musiqa va san'at maktabida ilm-fan san'at madaniyat axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor fidoiy talaba yoshlar o'rtasida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi. 

Image_tadbir: 

“SOGʻLOM HAYOT SARI – 5000 QADAM”

 

 Bugun, tumanning Beshkapa
mahalla fuqarolar yig’inida  erta tongdan “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni va ertalabki badantarbiya mashqlari bo’lib o’tdi. 

Marafonda sogʻlom turmush tarzi tarafdori boʻlgan nuroniy otaxonlar va mahalla faollari hamda sportsevar yoshlar qatnashishdi. 

 Piyoda yurish inson salomatligi uchun eng foydali mashgʻulotlardan biri sanaladi. Bu ayniqsa bugungi pandemiya sharoitida nihoyatda muhimdir.
________________________
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Image_tadbir: 

NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O’TKAZILDI

 

Tumandagi 149-umumtaʼlim maktabi faollar zalida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman hokimligining navbatdagi qabuli oʻtkazildi.

Qabulda 70 nafarga yaqin fuqarodan turli mazmundagi 50 ta murojaat qabul qilinib, shundan 12 tasi joyida ijobiy hal etildi.

8 ta murojaat yuzasidan tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi.
___________________________________
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Image_tadbir: 

hududlarda o'rganish ishlari olib borilmoqda

Urgut tumani hokimligi bolalarni himoya qilish shu'basi mudiri v.b F.Safarov, Din ishlari boʻyicha bosh mutaxassisi K.Otamurodovlar Urgut tumani Vagʻashti mahallasida joylashgan 58-maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishib, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirishdi. 

O'rganish davomida kuzatilgan xato va kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berishdi.
_____________________________________
URGUT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Image_tadbir: 

Hududlarda aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda

 

Hududlarda muammolarini o'rganish va ularni ijobiy hal qilish maqsadida, muntazam sayyor qabullar o’tkazilib kelinmoqda. 

Bugun tuman hokimi B.Jabborov tomonidan tumanning Ipakli, Mangitobod, Oqmachit va O’ramas mahalla fuqarolar yig’inlarida sayyor qabullar o'tkazib, odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
 

Image_tadbir: 
2015-2024 © Хокимият Ургутского района. Разработан в: SAKTRM
95x15